Pokiston: Qorabogʻ Ozarbayjonning mustaqil hududi

Mumtoz Baluch, poytaxt Islomobodda uyushtirilgan haftalik matbuot anjumanida, mamlakatining Ozarbayjon mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

2040629
Pokiston: Qorabogʻ Ozarbayjonning mustaqil hududi

Pokiston Qorabogʻni Ozarbayjonning mustaqil hududi deb bilishini eʼlon qildi.

Pokiston Tashqi Ishlar vazirligi matbuot xizmati kotibi Mumtoz Baluch, poytaxt Islomobodda uyushtirilgan haftalik matbuot anjumanida, mamlakatining Ozarbayjon mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Baluch, Hindiston Qorabog‘ni Ozarbayjonning mustaqil tuprog‘i sifatida ko‘rishini ifoda etib:

“Bu pozitsiyamiz ko‘plab Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi (BMT) bilan Islom Hamkorlik Tashkiloti hamda xalqaro huquq qaroriga mos”. – dedi.

Mumtoz Zahro Baluch, Ozarbayjonning mustaqillik va hududiy yaxlitligi asosidagi qonuniy talabining barcha tomonlar tomonidan qabul qilinishi va mintaqada doimiy tinchlik o‘rnatilishidan umidvor ekanliklarini bildirdi.

Baluch shuningdek, mina portlashlari oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar uchun Ozarbayjon xalqi va hukumatiga Pokistonning samimiy hamdardligini yetkazdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Qorabogʻ , #Pokiston , #Mumtoz Baluch

Aloqador xabarlar