Zaharova Qorabogʻda antiterrorga qarshi boshlatilgan amaliyotni baholadi

Zaharova, haftalik matbuot anjumanida Ozarbayjonning Qorabogʻda konstitutsiyaviy tuzilmani qayta tiklash uchun boshlatgan antiterrorga qarshi amaliyotini baholadi.

2039471
Zaharova Qorabogʻda antiterrorga qarshi boshlatilgan amaliyotni baholadi

Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Mariya Zaharova, Ozarbayjon tomonidan Qorabogʻda boshlatilgan antiterror amaliyot haqida:

“Rossiya tomoni qat’iyat bilan toʻqnashuv tomonlarini qon to‘kishni to‘xtatishga chaqirmoqda”. - dedi.

Zaharova, haftalik matbuot anjumanida Ozarbayjonning Qorabogʻda konstitutsiyaviy tuzilmani qayta tiklash uchun boshlatgan antiterrorga qarshi amaliyotini baholadi.

Qorabogʻdagi vaziyatning toʻsatdan keskinlashishidan xavotirda ekanini bildirgan Zaharova:

“Rossiya tomoni qat’iyat bilan toʻqnashuv tomonlarini qon to‘kish va harbiy harakatlarni to‘xtatishga, siyosiy va diplomatik yechim yo‘llariga qaytishga chaqirmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Qorabogʻ muammosining yechimiga doir barcha qadamlar Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining uch tomonli deklaratsiyasida qayd etilganiga e’tibor qaratgan Zaharova, soʻnggi paytlarda Rossiya va xalqaro vositachilar bu muammoni hal qilish uchun hissa qoʻshishga harakat qilganini taʼkidladi.

Zaharovaning ta’kidlashicha, mintaqadagi Rossiya harbiy kuchlari “tinchlik kuchi” vazifasini bajarmoqda va nomi tilga olingan kuchlarning qo‘mondonlari muntazam ravishda tomonlar bilan aloqada.



Aloqador xabarlar