Liviyada suv toshqinlari qurbonlari soni 11 mingdan oshdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi suv toshqinlarida 11 ming 300 kishi halok bo'lganini, 10 mingdan ortiq odam bedarak yo'qolganini ma'lum qildi.

2038710
Liviyada suv toshqinlari qurbonlari soni 11 mingdan oshdi

 

Sel falokati sodir bo'lgan Liviyada xalqaro yordam guruhi avariyaga uchradi. Hodisada 7 kishi halok bo'ldi.

Gretsiya qidiruv-qutqaruv guruhini olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. Voqea oqibatida 4 nafari Gretsiya jamoasidan, 3 nafari Liviyalik bo'lib, jami 7 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi suv toshqinlarida 11 ming 300 kishi halok bo'lganini, 10 mingdan ortiq odam bedarak yo'qolganini ma'lum qildi.

Biroq, Liviya Qizil yarim oy jamiyati matbuot kotibi Tevfik Shukri bu ma'lumotni rad etdi. Shukri, sel falokatida halok bo'lganlar soni haqida aniq bir bayonot bermagan bo'lsa-da, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, ularning soni 6 mingga yaqin.

Mutaxassislar mintaqada epidemiya xavfini ham ta’kidlamoqda.

Liviyada falokat oqibatida bedarak yo'qolgan minglab odamlarni qidirish ishlari davom etar ekan, ko'chalar tozalanmoqda.

Mamlakatga xalqaro yordamlar yetib kelmoqda.

Turkiyadan yuborilgan to‘liq jihozlangan 2 ta tez tibbiy yordam mashinasi tegishli idoralarga topshirildi.

Saudiya Arabistoni va Quvayt Liviyadagi suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga oziq-ovqat va tibbiy yordam olib ketuvchi samolyot jo‘natdi.

Eslatma: 10-sentyabr kuni Markaziy O‘rta yer dengizida ro’y bergan “Daniel” to‘foni Liviya sharqida dahshatli sel falokatiga sabab bo’ldi. Mamlakatning Bing’ozi, Beyda, Marj, Suse va Derna shaharlarida suv toshqinlari yuz berdi. Liviya hukumati sharqdagi Kirenaika provinsiyasidagi uchta tumanni falokat zonasi deb e’lon qildi.

Dovul natijasida Dernani o‘rab turgan ikkita to‘g‘on yorilib, toshib ketdi. Suv Liviya sharqida turar-joy mahallalarini yuvib, qirg‘oq bo‘ylab uylarni vayron qilgan. Rasmiylar favqulodda holat e’lon qildi. Maktablar va do‘konlar yopildi, komendantlik soati joriy etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Liviya

Aloqador xabarlar