Liviyada bir yilgacha favqulodda holat e’lon qilindi

Milliy Birlik hukumati qoshidagi Kasalliklarga qarshi kurash markazi direktori Haydar as-Sayih, bayonot berdi.

2038370
Liviyada bir yilgacha favqulodda holat e’lon qilindi

Liviyada suv toshqinlari sodir bo‘lgan hududlarda bir yilgacha favqulodda holat e’lon qilindi.

Milliy Birlik hukumati qoshidagi Kasalliklarga qarshi kurash markazi direktori Haydar as-Sayih, mavzu haqida yozma ravishda bayonot berdi.

Mamlakat sharqidagi Derna shahrida kanalizatsiya suvlari ichimlik suviga aralashganini ifoda etgan Sayih, shu sababdan 150 kishining zaharlanganiga e’tibor qaratdi.

Shahardagi ichimlik suvining iste’molga yaroqli emasligini va boshqa manbalarga murojaat qilish zarurligini tilga olgan Sayih, toshqindan ziyon ko‘rgan barcha hududlarda bir yil davomida favqulodda holat e’lon qilish haqida qaror qilganliklarini bildirdi.

Boshqa tomondan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Liviya maxsus vakili Abdulay Batiliy, Liviyaning sharqida qayd etilgan toshqindan eng ko‘p ziyon ko‘rgan Dernadagi vaziyatning ayanchli ekanini ifoda etdi.

Derna shahriga tashrif buyurgan Batiliy, voqea haqida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rganlarini bo‘lishdi.

Batiliy, Dernadagi suv toshqini sabab bo‘lgan vayronagarchilik va qurbonlar sonini yaqindan kuzatish imkoniga ega bo‘lganini bildirib:

“Vaziyat achinarli. Inqiroz Liviya imkoniyatlari, siyosati va chegaralaridan tashqarida”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Liviya Prezidentlik kengashi raisi Muhammad al-Manfiy ham, mamlakatdagi muassasalar oʻrtasidagi boʻlinish, suv toshqinidan keyin chora koʻrishga toʻsqinlik qilganini maʼlum qildi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) sel falokati yuz bergan Liviyaning Derna shahrida 9 ming kishi bedarak yo‘qolganligini bildirdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda sel falokatida qariyb 6 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan, ammo sog‘liqni saqlash tashkiloti bu raqamning 11 ming 300 dan ortiq ekanini ifoda etmoqda.

O‘rta yer dengizida avj olgan va 10-sentabr kuni Liviyaning sharqini urgan “Daniel” to‘foni Bing‘ozi, Beyda, Marj, Suse va Derna shaharlarida suv toshqinlariga yo‘l ochgandi.

Milliy Birlik Hukumati Bosh vaziri Abdulhamid Dibayba, 11-sentabr kuni toshqin yuzasidan butun mamlakat bo‘ylab 3 kunlik motam e’lon qildi va Liviya Prezidentlik kengashi ham toshqindan ziyon ko‘rgan mintaqalar uchun qardosh o‘lkalar va xalqaro tashkilotlardan yordam so‘radi.

Liviyaning sharqiy hududlarida yog‘ingarchilik miqdori “so‘nggi 40 yil ichida eng yuqori darajada”, -deb qayd etilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #Derna , #suv toshqini

Aloqador xabarlar