Gretsiyadagi selda qurbonlar soni 17 nafarga yetdi

Gretsiyadagi 5-sentabrda boshlagan selda, qurbonlar soni 17 nafarga yetdi.

2038338
Gretsiyadagi selda qurbonlar soni 17 nafarga yetdi

Gretsiyada 5 - sentabr kuni boshlangan og‘ir yog‘ingarchilik tufayli o‘tgan hafta Fesaliya mintaqasida sodir bo‘lgan sel falokatida, qurbonlar soni 17 nafarga yetdi.

Gretsiya davlat agentligi AMNA ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Pilioda topilgan ikki jasaddan olingan DNK namunalari, toshqinda bedarak yo‘qolgan avstriyalik er - xotinga tegishli ekani aniqlandi.

Shu tariqa suv toshqinida halok bo‘lganlar soni 17 nafarga yetdi.

Sel tufayli Fesaliyada 750 ming gektardan ortiq yer, suv ostida qolgan. Mintaqadagi aholi punktlari, qishloq xo‘jaligi yerlari va infratuzilmalariga jiddiy ziyon yetgan.

 



Aloqador xabarlar