Zelenskiy Oq uyda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi

AQSh rasmiylari Zelenskiyning tashrifi kelasi hafta Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi ishtirokidan so‘ng amalga oshirilishini ma’lum qildi.

2037784
Zelenskiy Oq uyda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShda Oq uy va Kongressga tashrif buyuradi.

AQSh rasmiylari Zelenskiyning tashrifi kelasi hafta Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi ishtirokidan so‘ng amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Zelenskiy payshanba kuni Oq uyda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashishi aytilgan.

AQSh Kongressi ayni damda Ukrainaga qo'shimcha 21 milliard dollar miqdorida yordam berish masalasini muhokama qilmoqda. Kongressdagi ba'zi respublikachilar Ukrainaga yordamni to'xtatish va federal byudjetda xarajatlarni qisqartirish kerakligini ta'kidlamoqda.

Zelenskiy dekabr oyida Vashingtonga tashrifi chogʻida Kongressda nutq soʻzlab, AQShning oʻz mamlakatiga koʻrsatayotgan yordamlari “ehson” emas, balki “global xavfsizlik va demokratiya”ga sarmoya ekanligini taʼkidlagandi.


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #Vladimir Zelenskiy

Aloqador xabarlar