Braziliyadagi tropik siklonda halok bo‘lganlar soni 48 nafarga yetdi

Braziliyada 6-sentabr kuni avj olgan tropik siklonda halok bo‘lganlar soni 48 nafarga yetdi.

2037233
Braziliyadagi tropik siklonda halok bo‘lganlar soni 48 nafarga yetdi

Braziliyada 6-sentabr kuni avj olgan tropik siklonda halok bo‘lganlar soni 48 nafarga, bedarak yo‘qolganlar soni esa 46 nafarga yetdi.

Fuqarolik mudofaasi tomonidan berilgan bayonotda, tropik siklon yo‘l ochgan ko‘chki va suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 48 nafarga, bedarak yo‘qolganlar soni esa 46 nafarga yetgani qayd etildi.

Bayonotda voqea yuzasidan ko‘priklar, yo‘llar va infratuzilmaning katta ziyon ko‘rgani ifoda etilar ekan, 924 kishining tan jarohati olgani, 340 ming kishining esa ofatdan jabrlangani bildirildi.

Braziliya matbuoti, tropik siklon Rio-Grande-du-Sul viloyatidagi 93 ta shaharchaga katta ziyon yetkazganini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Braziliya , #suv toshqinlari , #tropik siklon

Aloqador xabarlar