Liviyada boshlang'ich va o'rta ta'lim maktablarida o'qish 10 kunga to‘xtatildi

"Tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan shaharlardagi og‘riqli vaziyatni inobatga olib, butun mamlakat bo‘ylab boshlang‘ich va o‘rta ta’lim muassasalarida ta’limni 10 kunga to‘xtatishga qaror qildik",-deydi Liviya Milliy Birlik Hukumati Bosh vaziri.

2037274
Liviyada boshlang'ich va o'rta ta'lim maktablarida o'qish 10 kunga to‘xtatildi

 

Liviyada 6 mingdan ortiq insonning hayotiga zomin bo'lgan sel falokati tufayli boshlang'ich va o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim 10 kunga to'xtatildi.

Bu haqda Liviya Milliy Birlik Hukumati Bosh vaziri Abdulhamid Dibeybe o'zining Facebook'dagi akkauntida ma'lum qildi.

"Tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan shaharlardagi og‘riqli vaziyatni inobatga olib, butun mamlakat bo‘ylab boshlang‘ich va o‘rta ta’lim muassasalarida ta’limni 10 kunga to‘xtatishga qaror qildik",-deydi u.

U shuningdek, sel va suv toshqinlari tufayli uyini tark etganlar uchun 700 o'rinli kemaning Derne qirg'og'iga joylashtirilganini ma'lum qildi.

Boshqa tomondan, Dibeybe "Daniel" bo'roni paytida Dernadagi ikkita to'g'onning qulashi bo'yicha "shoshilinch tergov" o'tkazishni buyurdi.

“Men Bosh prokurorga Dernedagi ikkita to‘g‘onning qulashi bo‘yicha zudlik bilan tekshiruv o‘tkazish va tegishli muassasalarga tergov bo'yicha to‘liq hamkorlik qilish haqida topshiriq berdim”, — dedi u.

Liviyalik tarixshunos Feraj Dovud ed-Dernaviy Derna shahrining yarmi vodiyning quyi qismida joylashganini, shu sababli shahar janubdan kelayotgan barcha yomg'ir suvlari to'kiladigan nuqtada ekanligini ta'kidladi.

"Daniel bo'ronidan so'ng, shaharda yomg'ir suvini ushlab turgan ikkita to'g'on qulab tushdi. Bu butunlay falokat edi",-dedi u.


Tanlangan kalimalar: #Liviya

Aloqador xabarlar