BMT: Liviyadagi suv toshqinlari tufayli 30 ming kishi evakuatsiya qilindi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Xalqaro Migratsiya tashkilotining (XMT) Liviyadagi vakolatxonasi, mamlakatdagi suv toshqini haqida hisobot e’lon qildi.

2036951
BMT: Liviyadagi suv toshqinlari tufayli 30 ming kishi evakuatsiya qilindi

Liviyada 6 mingdan ortiq inson umriga zomin bo‘lgan sel falokati oqibatida, faqatgina Derna shahrida o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lganlar soni 30 ming nafar ekani ma’lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Xalqaro Migratsiya tashkilotining (XMT) Liviyadagi vakolatxonasi, mamlakatdagi suv toshqini haqida hisobot e’lon qildi.

Shunga ko‘ra, “Daniel” to‘fonidan eng ko‘p Derna shahri ziyon ko‘rar ekan, suv toshqinlari tufayli 30 ming kishi evakuatsiya qilindi

Beydada 3 ming, Bing‘ozida 2 ming 85 va al - Mehili shahrida esa 1000 kishining toshqinlar tufayli uylarini tark etgani aniqlandi.

Dernadagi vayronagarchilik tufayli yo‘llar bekitilar ekan, bu holat mintaqaga gumanitar yordam yetkazib berish ishlariga to‘sqinlik qilmoqda.

O‘rta yer dengizida avj olgan va 10 - sentabr kuni Liviyaning sharqini urgan “Daniel” to‘foni Bing‘ozi, Beyda, Marj, Suse va Derna shaharlarida suv toshqinlariga yo‘l ochgandi.

Mamlakatning sharqiy viloyatlaridagi yog‘ingarchilik, oxirgi 40 yildan ortiq vaqt davomida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich ekani ifoda etildi.


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Liviya , #suv toshqinlari

Aloqador xabarlar