Gretsiyadagi suv toshqinida halok bo‘lganlar soni ortdi

Suv toshqini ostida qolganlarni qutqarish ishlari havodan, quruqlikdan va sohil xavfsizligi qayiqlari yordamida davom etmoqda.

2035467
Gretsiyadagi suv toshqinida halok bo‘lganlar soni ortdi

Gretsiyadagi suv toshqinida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetdi.

Gretsiya o‘t o‘chirish xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Kardichada chorshanba kunidan beri bedarak yo‘qolgan 58 yoshli erkakning jasadi topildi.

Pilio shahrida bedarak yo‘qolgan kishining jasadi esa Euboiada topildi.

Shu tariqa, suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetdi.

Ayni paytda, Pinio daryosida suvning ko‘tarilishi sababli ehtiyot chorasi sifatida ko‘plab aholi punktlari evakuatsiya qilindi.

Tesaliya viloyatidagi Kardicha, Trikala va Larisadagi koʻplab aholi punktlari hali ham suv ostida.

Suv toshqini ostida qolganlarni qutqarish ishlari havodan, quruqlikdan va sohil xavfsizligi qayiqlari yordamida davom etmoqda.

Bosh vazirlik tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Bosh vazir Kiriakos Mitsotakis bugun mintaqaga boradi.



Aloqador xabarlar