Bayden Xitoy bilan sovuq urush boshlamoqchi emasligini aytdi

Xitoy bilan “sovuq urush” boshlashga urinmaganligini ta’kidlar ekan, uning maqsadi AQShning Vyetnam va boshqa Osiyo davlatlari bilan aloqalarini yaxshilash orqali butun dunyoda barqarorlikni ta’minlash ekanini aytdi.

2035510
Bayden Xitoy bilan sovuq urush boshlamoqchi emasligini aytdi

 

AQSh Prezidenti Jo Bayden Vyetnamga tashrifi munosabati bilan,

Xitoy bilan “sovuq urush” boshlashga urinmaganligini ta’kidlar ekan, uning maqsadi AQShning Vyetnam va boshqa Osiyo davlatlari bilan aloqalarini yaxshilash orqali butun dunyoda barqarorlikni ta’minlash ekanini aytdi.

Vetnam axborot agentligi (VNA) xabariga ko‘ra, Hindistonda bo‘lib o‘tgan G20 sammitidan so‘ng Bayden Vyetnam poytaxti Xanoyga borib, VKP Bosh kotibi Nguyen Phu Trong bilan uchrashdi.

Vtetnamga ilk tashrifini amalga oshirgan Bayden, uchrashuvdan keyingi bayonotida Xitoy bilan "sovuq urush" boshlashga urinmaganligini ta'kidladi.  U AQShning maqsadi Vyetnam va boshqa Osiyo davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirish orqali butun dunyoda barqarorlikni o'rnatish ekanini ta'kidladi.

Vyetnam safarini Xitoyni "o'rab olish" maqsadi bilan qilmaganini ifoda etgan Bayden, Xitoy bilan "aloqani uzishni istamasligini" ta'kidladi.

Bayden Qo'shma Shtatlar va Xitoy o'rtasidagi munosabatlarni yo'lga qo'yishda samimiyligini bildirdi.

Bayden, Hindistonda bo'lib o'tgan G20 sammitida qatnashmagan Xitoy rahbari Si Tszinpinning "hozirda ba'zi qiyinchiliklarga duch kelganini" ma'lum qildi va Si "iqtisodiy qiyinchiliklarga" duch kelganiga e'tibor qaratdi.

Bayden G20 davomida Xitoy Bosh vaziri Li Jiang bilan uchrashganini ta'kidlab, "Biz barqarorlik haqida gaplashdik. Bu umuman qarama-qarshilik suhbati emas edi" deya qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Safar , #Vyetnam , #Jo Bayden , #AQSh

Aloqador xabarlar