Kanada bosh vaziri G20 sammiti yakunlari bo'yicha deklaratsiyadan qoniqmadi

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo G20 sammiti yakunlari bo'yicha e'lon qilingan deklaratsiyani "zaif" deb baholadi.

2035515
Kanada bosh vaziri G20 sammiti yakunlari bo'yicha deklaratsiyadan qoniqmadi

 

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo G20 sammiti yakunlari bo'yicha e'lon qilingan deklaratsiyani "zaif" deb baholadi.

U bu haqda G20 sammitidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida tilga oldi.

Tryudoning ta'kidlashicha, ba'zi mamlakatlar Kanadadan farqli qarashlarga ega, bu esa deklaratsiyaning u xohlaganidan zaifroq bo'lishiga sabab bo'lgan.

"Menga bog‘liq bo‘lganida, yetakchilarning bayonoti ancha kuchliroq bo‘lardi, ayniqsa Ukraina bo‘yicha”, - deydi u. 

Jastin Tryudo G20 "noyob" guruh ekanligini va ular deklaratsiyada kuchli til yaratish uchun katta hissa qo'shganini ta'kidladi.

"Bu bizning qadriyatlarimizga mos kelmaydigan davlatlarga birlashish va bunga undash uchun muhim vaqt. Va biz buni davom ettiramiz" ,-deydi u.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligidan berilgan bayonotga ko'ra, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo poytaxt Nyu-Dehlida o'tkazilgan G20 sammiti doirasida uchrashdi.

Modi Tryudoga "Kanadadagi ekstremistlarning Hindistonga qarshi harakatlaridan qattiq xavotirda ekanligini" aytdi.

Ikki davlatning bunday tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlik qilish zarurati muhimligini ta'kidlagan Modi, Kanadadagi Hindistonga qarshi harakatlar "bo'lginchilikni rag'batlantirishi va hind diplomatlariga qarshi zo'ravonlikka undashini" ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #G20 , #Kanada

Aloqador xabarlar