Gretsiyada kuchli yomg'ir va toshqinlar tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 10 nafarga etdi

Iqlim inqirozi va fuqarolik muhofazasi vaziri Vasilis Kikilias, ayniqsa Pinio daryosining toshib ketishi natijasida ko'plab qishloqlar suv ostida qolganini bildirdi.

2035038
Gretsiyada kuchli yomg'ir va toshqinlar tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 10 nafarga etdi

 

Gretsiyada kuchli yomg'ir va toshqinlar tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 10 nafarga etdi.

Iqlim inqirozi va fuqarolik muhofazasi vaziri Vasilis Kikilias, ayniqsa Pinio daryosining toshib ketishi natijasida ko'plab qishloqlar suv ostida qolganini bildirdi.

Kikilias, toshqin sharoitlari yomonlashishi mumkinligini va ehtiyot bo'lish kerakligini ta'kidladi.

Seshanba kunidan beri suv toshqini tufayli hayotdan ko'z yumganlar sonining 10 nafarga yetganini e'lon qilgan Kikilias, 4 kishining bedarak yo'qolganligini bildirdi.

Kikilias mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari va qishloqlarda qamalib qolganlarga oziq-ovqat va suv tarqatish uchun 20 vertolyot ishlayotganini qayd etdi.

Qurolli kuchlar ishtirokida olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida hududdan 2 mingga yaqin odam qutqarib olindi.

Pinio daryosining toshib ketishi natijasida mintaqadagi suv balandligi 9 metrga yetdi.Mintaqada suv va elektr energiyasi uzilishlari davom etar ekan, Volos suv va kanalizatsiya tizimiga katta zarar yetganligi sababli fuqarolar ham ichimlik suvi tanqisligini boshdan kechirmoqda.

 



Aloqador xabarlar