Umerov Rossiyaga qarshi g‘alaba qozonishni rejalashtirganliklarini bildirdi

Umerov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga, shaxsiga ko‘rsatgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildirdi.

2034461
Umerov Rossiyaga qarshi g‘alaba qozonishni rejalashtirganliklarini bildirdi

Ukrainada Mudofaa vaziri lavozimiga kelgan Qrim-tatar turklaridan Rustem Umerov, Rossiyaga qarshi g‘alaba qozonishni rejalashtirganliklarini bildirdi.

Umerov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga, shaxsiga ko‘rsatgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tarixiy bir davrda Mudofaa vaziri bo‘lish, o‘zi uchun katta sharaf ekanini ta’kidlagan Umerov:

“Vazirligimizning 5 ta ustuvor yoʻnalishi bor va ular: harbiy markaziyatchilik, vazirlik subyektivligini shakllantirish, xalqaro koalitsiyani mustahkamlash va kengaytirish, korrupsiyaga qarshi to‘liq kurashish va raqamlashtirish, Ukraina harbiy sanoatini rivojlantirishdir. Gʻalaba qozonish, bizning rejamizdir. Bunga erishish uchun qoʻlimizdan kelganini qilishimiz kerak”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ukraina Prezidenti Zelenskiy, 3 - sentabr kuni Qrim-tatar turklaridan Rustem Umerovni Mudofaa vaziri etib tayinlash haqida qaror qabul qilganini ma’lum qilgandi.

Umerovning nomzodi Ukraina parlamenti tomonidan kecha tasdiqlangandi.

 



Aloqador xabarlar