Nigeriyada pul uchun o'g'irlab ketilgan 16 kishi qutqarildi

Nigeriyada odam o'g'irlash tufayli berilgan o'lim jazosiga qaramay, mamlakatda pul uchun odam o'g'irlash holatlari keng tarqalgan.

2032675
Nigeriyada pul uchun o'g'irlab ketilgan 16 kishi qutqarildi

 

Nigeriyaning Bauchi shtatida pul uchun o'g'irlab ketilgan 16 kishi operatsiya vositasida qutqarildi.

Bauchi shtati politsiyasi matbuot kotibi Ahmad Mohammed Vakilning ma'lum qilishicha, politsiya shtatning Kurmi qishlog'ida qurollangan guruhlarga qarshi operatsiya o'tkazgan.

Vakilning qayd etishicha, operatsiya davomida Zamfara shtatida pul uchun o'g'irlab ketilgan va Bauchiga olib ketilgan 16 kishi qutqarilgan.

Qutqarilganlarning bir qismi tan jarohati olib, kasalxonaga yuborilganiga e'tibor qaratgan Vakil, bu odamlarning davolanishlaridan so'ng oilalariga topshirilishi haqidagi ma'lumotni o'rtoqlashdi.

Nigeriyada odam o'g'irlash tufayli berilgan o'lim jazosiga qaramay, pul uchun odam o'g'irlash keng tarqalgan.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar