Nigeriyada taxminan 8,3 mln inson gumanitar yordamga muhtoj

Gumanitar ishlar va qashshoqlikni qisqartirish vaziri Betta Edu terror tashkilotlari Boko Harom va ISWAP hujumlari kuchaygan Borno, Yobe va Adamava shtatlarida qariyb 8,3 million inson gumanitar yordamga muhtojligini bildirdi.

2032604
Nigeriyada taxminan 8,3 mln inson gumanitar yordamga muhtoj

 

Nigeriya shimoli-sharqidagi teraktlar tufayli taxminan 8,3 million inson gumanitar yordamga muhtoj.

Gumanitar ishlar va qashshoqlikni qisqartirish vaziri Betta Edu terror tashkilotlari Boko Harom va ISWAP hujumlari kuchaygan Borno, Yobe va Adamava shtatlarida qariyb 8,3 million inson gumanitar yordamga muhtojligini bildirdi.

Hukumat gumanitar inqirozga qarshi kurashda qat'iy ekanligiga e'tibor qaratgan Edu, "Birlashgan Millatlar Tashkiloti Benue Nigeriyada insonparvarlik ehtiyojlari markaziga aylanganini va shuning uchun insonparvarlik nuqtai nazaridan juda ko'p ish qilish kerakligini aytdi" ,-dedi.

Nigeriyada 2000-yillarning boshidan beri mavjud bo'lgan terroristik guruh Boko Harom tomonidan amalga oshirilgan yirik zo'ravonlik harakatlarida o'n minglab odamlar hayotdan ko'z yumdi.

Guruh 2015-yildan buyon mamlakatga chegaradosh davlatlar Kamerun, Chad va Nigerda ham hujumlar uyushtirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar