Jazoirda ro'y bergan sel falokatida 7 kishi halok bo'ldi

Jazoir Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi mahalliy xalqni yog‘ingarchilik tufayli yuzaga keladigan suv toshqinlaridan o‘zini himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

2032582
Jazoirda ro'y bergan sel falokatida 7 kishi halok bo'ldi

 

Jazoirning Tlemsen va El Bayad viloyatlarida kuchli yog'ingarchilik tufayli yuzaga kelgan sel falokatida 7 kishi halok bo'ldi, 2 kishi bedarak yo'qoldi.

Ma'lumotga ko'ra, Tlemsen viloyatida 4 kishi sel suvlari ostida qolib hayotdan ko'z yumgan, El Bayad viloyatida esa, 3 kishi hayotdan ko'z yumgan.

2 kishi bedarak yo'qolgan sel falokatida rasmiylar qidiruv-qutqaruv ishlari boshlanganini ma'lum qildi.

Jazoir Fuqarolik Mudofaa Tashkiloti, Tlemsenning Bab Al-Assa tumanida sel suvlari tomonidan sudralib ketgan avtomobildan 4 kishining qutqarilganini ma'lum qildi.

Jazoir Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi fuqarolarga yog‘ingarchilik tufayli yuzaga keladigan to‘satdan suv toshqinidan o‘zini himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko‘rishni, past joylardan uzoqroq turishni va elektr toki urishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun elektr o‘tkazuvchan metall buyumlar bilan aloqa qilmaslikni tavsiya qildi.


Tanlangan kalimalar: #Jazoir

Aloqador xabarlar