Guterrish: Ukrainada tinchlik o‘rnashi yaqin kelajakda mumkin emasdek

Antoniu Guterrish, Nyu - Yorkdagi BMT binosida bayonot berdi.

2031666
Guterrish: Ukrainada tinchlik o‘rnashi yaqin kelajakda mumkin emasdek

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Ukrainada tinchlik o‘rnashi yaqin kelajakda mumkin emasligiga e’tibor qaratdi.

Guterrish, Nyu - Yorkdagi BMT binosida bayonot berdi va unda sentabr oyining, “ko‘p tomonli diplomatiya oyi” bo‘lishini ta’kidlab, shaxsining Keniyada bo‘lib o‘tadigan Afrika iqlim sammiti, Janubi - Sharqiy Osiyo Millatlar uyushmasi (ASEAN) - BMT sammiti, Hindistondagi G – 20 sammiti va Kubadagi Xitoy - G77 sammitida ishtirok etishini ma’lum qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 78 - sessiyasi Nyu - Yorkda bo‘lib o‘tishini yodga solgan Guterrish, Ukrainada tinchlik bo‘yicha katta o‘zgarish kutmasligini ifoda etdi.

Guterrish,

“Umid hech qachon tugamaydi ammo Ukrainada tinchlik o‘rnashi yaqin kelajakda mumkin emasdek. Aksiga ishonaman desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman”. – deya gapirdi.

BMT Bosh kotibi shu bois ham Ukrainadagi urushning salbiy oqibatlarini kamaytirish muhim ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #tinchlik , #Ukraina , #Antoniu Guterrish

Aloqador xabarlar