Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlari hali ham nazorat ostiga olinmadi

Gretsiyada, 19 - avgust kuni boshlagan o‘rmon yong‘inlari hali ham nazorat ostiga olinmadi.

2031387
Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlari hali ham nazorat ostiga olinmadi

Gretsiyada 21 kishining umriga zomin bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari hali ham nazorat ostiga olinmadi.

Joriy yilning 19 - avgusti kuni boshlangan yong‘inlarda shu kunga qadar 826 ming gektardan ortiq maydon kuyib kulga aylandi.

Aleksandrupolidagi yong‘inni nazorat qilish harakatlari davom etar ekan, Evros hududidagi Dadia o‘rmon maydonining uchdan biridan ko‘prog‘i yonib ketgani ma’lum qilindi.

Mamlakatda oxirgi 24 soat ichida sodir bo‘lgan 47 ta yangi o‘rmon yong‘inining bir qismi o‘t o‘chiruvchilarning aralashuvi bilan nazorat ostiga olindi.

Ayni paytda, o‘rmon yong‘inlari tufayli qo‘lga olingan 140 nafar gumonning 79 nafarining o‘t qo‘yishda ayblangani ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar