Nigeriyada terror voqealarida 23 mingdan ortiq odam bedarak yo'qoldi

Xalqaro Amnistiya va Allamin Jamg'armasining Nigeriyadan mas'ul yetakchisi Isa Sanusi hukumat bu voqealarga sukut saqlaganini bildirdi.

2030223
Nigeriyada terror voqealarida 23 mingdan ortiq odam bedarak yo'qoldi

 

Nigeriya shimoli-sharqida 14 yildan beri davom etayotgan terror voqealari tufayli 23 mingdan ortiq odam bedarak yo'qoldi.

Xalqaro Amnistiya va Allamin Jamg'armasining Nigeriyadan mas'ul yetakchisi Isa Sanusi, Boko Haram terror tashkilotining mamlakat shimoli-sharqiy mintaqasida kuchayib borayotgan hujumlari tufayli minglab odamlarning bedarak yo'qolganini bildirdi.

Mintaqada 14 yil ichida sodir bo'lgan terror voqealari tufayli 23 mingdan ortiq bedarak yo'qolgani aniqlanganini ifoda etgan Sanusi, hukumat bu voqealarga sukut saqlaganini bildirdi.

Nigeriyada 2000-yillarning boshidan beri "Boko Haram" terror guhuri tomonidan amalga oshirilgan ommaviy zoʻravonliklarda oʻn minglab odamlar hayotdan koʻz yumdi.

Ushbu terroristik guruh 2015-yildan buyon mamlakatning chegaradosh viloyatlari Kamerun, Chad va Nigerda ham hujumlar uyushtirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar