Tojikistonda kuchli yog'ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo'ldi

Imomali Rahmon mamlakat Bosh vaziri, Favqulodda vaziyatlar va Fuqarolik mudofaasi qoʻmitasi va boshqa tegishli davlat idoralariga tabiiy ofatda halok boʻlganlarning oilalariga imkon qadar tezroq yordam koʻrsatish boʻyicha topshiriq bergan.

2029919
Tojikistonda kuchli yog'ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo'ldi

 

Tojikistonda kuchli yog'ingarchilik tufayli yuzaga kelgan bahtsiz hodisalarda 13 kishi halok bo'ldi.

Tojikiston Prezidentligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, kecha kuchli yomg'irlar oqibatida Vahdat shahrida 11 kishi, Rudakiy viloyatida esa, 2 kishi hayotdan ko'z yumgan.

“Prezident Imomali Rahmon marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi”,-deyiladi bayonotda.

Bayonotda, shuningdek, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakat Bosh vaziri, Favqulodda vaziyatlar va Fuqarolik mudofaasi qoʻmitasi va boshqa tegishli davlat idoralariga tabiiy ofatda halok boʻlganlarning oilalariga imkon qadar tezroq yordam koʻrsatish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha topshiriq bergani ham taʼkidlandi.


Tanlangan kalimalar: #Tojikiston

Aloqador xabarlar