Ukrainaning Qrimga hujum qilishga uringani iddio etilmoqda

Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Ukraina Qrimga hujum qilishga uringan.

2029173
Ukrainaning Qrimga hujum qilishga uringani iddio etilmoqda

Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Ukraina tunda 42 ta insonsiz havo transporti orqali Qrimga hujum qilishga uringan.

Mavzu haqida vazirlik tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra, Ukraina armiyasining insonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujumiga monelik qilingan.

Insonsiz havo transportlarining, hujumni havodan mudofaa qilish tizimlari yordamida aniqlangani ifoda etilgan bayonotda:

“Qrim hududida ochilgan otishma natijasida 9 ta insonsiz havo transporti yoʻq qilindi. Ulardan 33 tasi radioelektron urush vositalari bilan bostirildi. Insonsiz havo transporti ko‘zlangan nishonga yetib ulgurmay quladi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Qrim, 2014 - yili Rossiya tomonidan anneksiya qilingan edi.



Aloqador xabarlar