Kanadada armiya o'rmon yong'inlarini o'chirishga safarbar qilindi

Kanada bosh vaziri Justin Tryudo, "Bu favqulodda jiddiy vaziyat", dedi.

2028662
Kanadada armiya o'rmon yong'inlarini o'chirishga safarbar qilindi

 

Kanada Britaniya Kolumbiyasida 35 mingdan ortiq odamning evakuatsiya qilinishiga olib kelgan shiddatli yong'inlarga qarshi kurashish uchun armiyani safarbar qildi.

Kanadada dushanba kuni boshlangan 1038 joydagi yong'inning yarmidan ko'pi hamon nazorat ostiga olinmadi.

Ushbu yong'inlarning kamida uchdan bir qismi Vankuver va Britaniya Kolumbiyasining katta shaharlarida sodir bo'lgan.

Kanada bosh vaziri Justin Tryudo, "Bu favqulodda jiddiy vaziyat", dedi.

U shuningdek, yong'inni o'chirishda armiya bo'linmalari evakuatsiya va boshqa logistika missiyalarida yordam berishini qo'shimcha qildi.

Tryudo Britaniya Kolumbiyasining yordam talabi ma'qullanganini aytdi.

Shimoli-g‘arbiy hududlarning poytaxti Yellonuyfda 20 mingga yaqin aholi kuchli yong‘inlar tufayli hududni tark etishga majbur bo‘lgan.

Kanada agentliklararo o'rmon yong'inlari markazi ma'lumotlariga ko'ra, bu yil Kanadada misli ko'rilmagan o'rmon yong'inlari kuzatildi, bu yil shu paytgacha rekord darajadagi 5,807 ta hududda yong'in sodir bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #o'rmon yong'inlari , #Kanada

Aloqador xabarlar