Jazoir o‘rmonlarida takror yong‘in qayd etildi

Jazoirda to‘rttasi mamlakat sharqidagi Bijaye shahrida, oltitasi esa viloyatda, jami o‘n nuqtada o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.

2026840
Jazoir o‘rmonlarida takror yong‘in qayd etildi

Jazoirning sharqiy va markaziy qismlaridagi o‘rmonlarda takror yong‘in qayd etildi.

Jazoir Fuqarolik Mudofaa tashkiloti tomonidan berilgan bayonotda, to‘rttasi mamlakat sharqidagi Bijaye shahrida, oltitasi esa viloyatda, jami o‘n nuqtada o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.

Bayonotda mamlakatning sharqiy va markaziy qismlarida joylashgan Burj Bureyrej, Medea, Hanshala, Bijaye, Tizi Vizu va Jijel shaharlarida o‘n nuqtada o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgani ifoda etildi. Unda, ayniqsa Bijayening to‘rt nuqtasida davom etayotgan yong‘inning atrofda joylashgan viloyatlardagi harbiy bo‘lmagan mudofaa guruhlari yordamida o‘chirilayotgani va undagi amaliyotlarida o‘nlab samolyot bilan vertolyot ishtirok etgani e’tibor qaratildi.

Shuningdek bayonotda, yuz berish ehtimoli bor falokatga qarshi chora ko‘rish maqsadida mintaqadagi 13 oilaning evakuatsiya qilingani bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Jazoir , #Bijaye , #o‘rmon yong‘ini

Aloqador xabarlar