Livanda elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatildi

Livan elektr boshqarmasi mamlakatdagi “Deyr Ammar va Ez-Zahrani” elektr stansiyalarining holati haqida yozma bayonot berdi.

2025754
Livanda elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatildi

 

Livandagi elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalari Markaziy bank yoqilg‘i sotib olish uchun byudjet ajratmagani uchun o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

Livan elektr boshqarmasi mamlakatdagi “Deyr Ammar va Ez-Zahrani” elektr stansiyalarining holati haqida yozma bayonot berdi.

Bayonotda, Livan Markaziy bankining kuniga 550 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqaradigan Deyr Ammar va Zahrani uchun zarur bo'lgan 10 million dollarni shirkat hisoblariga o'tkazmaganligi qayd etildi.

Ushbu transfer amalga oshirilmagani sababli har ikkala elektr stansiyasida ham ishlab chiqarish toʻxtab qolgani va fuqarolarga elektr energiyasi taʼminoti taʼminlana olmagani taʼkidlandi.

Livan Markaziy banki 2019-yilda boshlangan iqtisodiy inqiroz va valyuta zahiralarining erishi tufayli elektr stansiyalarida ishlab chiqarish yoqilg‘i uchun hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bekor qilganidan so‘ng to‘xtab qolgandi.

Mamlakatning kunlik elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji normal sharoitda 3200 megavatt atrofida bo‘lsa, yuqorida tilga olingan inqirozlar tufayli bu ishlab chiqarish bir muddat 500 megavattga tushib ketgan.

Nihoyat, har ikkala elektr stansiyasida ham kuniga atigi 4 soat elektr energiyasi ishlab chiqarilsa, qolgan 20 soat elektr energiyasini aholi xususiy generatorlardan juda qimmat xarajat evaziga oladi.


Tanlangan kalimalar: #Livan

Aloqador xabarlar