BMT Livan-Isroil keskinligidan xavotirda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Muvaqqat tinchlikparvar kuchlari (UNIFIL) so'nggi oylarda Livan va Isroil o'rtasidagi chegarada yuzaga kelgan taranglik xavotir uyg'otayotganini aytdi.

2025654
BMT Livan-Isroil keskinligidan xavotirda

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Muvaqqat tinchlikparvar kuchlari (UNIFIL) so'nggi oylarda Livan va Isroil o'rtasidagi chegarada yuzaga kelgan taranglik xavotir uyg'otayotganini aytdi.

UNIFIL qo'mondoni general Aroldo Lazaro bayonotiga ko'ra, Livan janubidagi UNIFIL shtab-kvartirasida Isroil va Livan armiyasi rasmiylari bilan "uch" harbiy uchrashuv o'tkazdi.

Bayonotda, Isroil va Livan o'rtasidagi "Moviy chiziq" chegarasida UNIFIL nazoratida bo'lgan havo va quruqlikdagi qoidabuzarliklar muhokama qilingani qayd etildi.

Bayonotda, general Lazaroning Isroil va Livan o'rtasida taranglikka sabab bo'lgan chegaradagi qoidabuzarliklardan chuqur xavotirda ekanligi bildirildi.   Xabar qilinishicha, Lazaro tomonlarni muvofiqlashtirish mexanizmiga rioya qilishga va bir tomonlama harakatlardan voz kechishga chaqirgan.

Isroil 1982-yilda bosib olgan Livan janubidan 2000-yilda chiqib ketganidan keyin 120 kilometrlik chegara xavfsizligi UNIFIL nazorati ostida edi.

"Moviy chiziq" atamasi UNIFIL nazorati ostidagi chegara uchun ishlatiladi va UNIFIL xavfsizlikni ta'minlash uchun butun mintaqani patrul qiladi.

Isroil so'nggi paytlarda chegara chizig'idagi xandaklar va sim to'siqlar kabi mustahkamlash faoliyatini kuchaytirdi.

Qolaversa, chegaradagi bir qismi Livanga tegishli boʻlgan Gajar qishlogʻini toʻliq egallab, atrofiga sim panjara bilan devor qurdirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xavotir , #Keslinlik , #Livan , #Isroil , #BMT

Aloqador xabarlar