Dog‘istonda sodir bo'lgan portlash oqibatida 27 kishi halok bo’ldi

Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston Muxtor Respublikasidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 nafarga yetdi.

2024607

Dog'iston Muxtor Respublikasi Prezidenti Sergey Melikov yozma bayonotida, kecha tunda Maxachqal'adagi yoqilg'i quyish shoxobchasida sodir bo'lgan portlashda jarohatlanganlarning davolanishi davom etayotganini bildirdi.

Melikov portlashda halok bo‘lganlar soni 27 nafarga, yaralanganlar soni esa 102 nafarga yetganini qayd etdi.

Dog‘iston tergov qo‘mitasi ham voqea yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qildi.

Aloqador xabarlar