Nigeriyada Boko Haram tomonidan uyushtirilgan hujumda 13 kishi halok bo'ldi

Nigeriya shimoli-sharqida terror tashkiloti Boko Haram tomonidan uyushtirilgan hujumda 13 kishi halok bo'ldi.

2023981
Nigeriyada Boko Haram tomonidan uyushtirilgan hujumda 13 kishi halok bo'ldi

 

Nigeriya shimoli-sharqida terror tashkiloti Boko Haram tomonidan uyushtirilgan hujumda 13 kishi halok bo'ldi.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, “Boko Haram” a’zolari hujumni Borno shtatidagi Vulari qishlog‘ida amalga oshirgan.

Hujumda 13 nafar tinch aholi halok bo'ldi, ko'plari yaralandi.

Nigeriyada 2000-yillarning boshidan beri mavjud bo'lgan Boko Haram tomonidan uyushtirilgan ommaviy zo'ravonliklarda o'n minglab odamlar hayotdan ko'z yumdi.

Tashkilot 2015-yildan buyon mamlakatning chegaradosh qo‘shnilari Kamerun, Chad va Nigerda ham hujumlar uyushtirmoqda.

Boshqa tomondan, Nigeriyaning Kaduna shtatida qurolli shaxslar tomonidan to'lov uchun o'g'irlab ketilgan 10 kishi, uyushtirilgan operatsiyada qutqarildi.

Armiya Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha direktor o'rinbosari Musa Yahaya bergan bayonotida, Kaduna shtatining Chikun tumanidagi Yero qishlog'ida qurollangan odamlarga qarshi operatsiya o'tkazilgan.

Yahaya, qurolli shaxslar tomonidan garovga olingan 10 kishining qutqarilganini qayd etdi.

Operatsiyada qurollangan 3 kishining ta'sirsiz holga keltirilganini ifoda etgan Yahaya, qurol va muhim o'q-dorilarning ham qo'lga olingani haqidagi ma'lumotni o'rtoqlashdi.

Nigeriyada odam o'g'irlash uchun o'lim jazosiga qaramay, to'lov uchun odam o'g'irlash keng tarqalgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar