Polshada ikki nafar rossiyalik josuslikda ayblanib hibsga olindi

Mamlakat Ichki ishlar vaziri Mariush Kaminskiy ma'lum qilishicha, josuslikda ayblanayotgan ikki nafar rus “Vagner” guruhining Krakov va Varshavadagi targ‘ibot materiallarini tarqatgan.

2024278
Polshada ikki nafar rossiyalik josuslikda ayblanib hibsga olindi

 

Polsha maxsus xizmatlari josuslikda ayblanayotgan ikki rossiyalikni qo‘lga oldi.

Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Mariush Kaminskiy ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, josuslikda ayblanayotgan ikki nafar rus “Vagner” guruhining Krakov va Varshavadagi targ‘ibot materiallarini tarqatgan.

“Ularning ikkalasi ham josuslikda ayblanib, hibsga olindi”, -deydi Ichki ishlar vaziri Mariush Kaminskiy.

Kaminskiy gumonlanuvchilarning ismlari va boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan. Ular hozirda qamoqqa olingan.

 


Tanlangan kalimalar: #Vagner , #Polsha

Aloqador xabarlar