Pokistondagi poyezd halokati 28 kishining umriga zomin bo‘ldi

Karachidan Ravalpindiga yo‘l olgan Hazara Expressi yo‘lovchi poyezdining 10 ta vagoni Navabshoh yaqinida relsdan chiqib, halokatga uchradi.

2020878
Pokistondagi poyezd halokati 28 kishining umriga zomin bo‘ldi

Pokistonning Navabshoh shahri yaqinida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi yaralandi.

Pokiston Temir yo‘llari vaziri Xavaja Saad Rafikning qayd etishicha, Karachidan Ravalpindiga yo‘l olgan Hazara Expressi yo‘lovchi poyezdining 10 ta vagoni, Navabshoh yaqinida relsdan chiqib ketgan.

Voqeaning “texnik nosozlik” yoki “sabotaj” natijasida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ifoda etgan Rafik, voqeada 28 kishining halok bo‘lgani va 50 kishining tan jarohati olganini ma’lum qilib, ularning Navabshoh va Sanghar mintaqalaridagi kasalxonalarga yotqizilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Qidiruv va qutqaruv ishlariga yordam berishlari uchun voqea joyiga harbiy kuchlar jalb qilingan.

Voqea chog‘ida poyezdda qancha kishi bo‘lgani haqida hali hanuz ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, mahalliy matbuot, yo‘lovchilarning ko‘pchilik ekani va aksariyatining vagonlarda qolib ketgani, shu bois ham qurbonlar soni ortishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

2021-yilning iyun oyida Pokistonda ikkita poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 63 yo‘lovchi halok bo‘lgandi.

 



Aloqador xabarlar