Fransiya Burkina-Fasoga moliyaviy yordamni to'xtatdi

Burkina-Fasoga barcha taraqqiyot yordamlari va byudjet yordamlarining keyingi qarorga qadar to'xtatilganligi qayd etildi.

2021148
Fransiya Burkina-Fasoga moliyaviy yordamni to'xtatdi

 

Fransiya Burkina-Faso uchun barcha rivojlanish va byudjet yordamini to'xtatdi.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Burkina-Fasoga barcha taraqqiyot yordamlari va byudjet yordamlarining keyingi qarorga qadar to'xtatilganligi qayd etildi.

Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan yili Burkina-Faso uchun 13 million evro byudjet yordami rejalashtirilgan bo'lib, Fransiya ushbu mamlakatga jami 482 million evro yordam ko'rsatgan.

O'tgan yili biri yanvar, ikkinchisi sentyabrda ikki marta harbiy to'ntarishni boshdan kechirgan Burkina Faso, joriy yilning yanvar oyida Saber operatsiyasi doirasida Fransuz askarlarining mamlakatdan chiqib ketishini talab qildi.

Fransiya o'z qo'shinlarini olib chiqishga rozi bo'ldi, ammo rivojlanish va byudjet yordamini davom ettirdi.

Burkina-Faso yaqinda Mali va Nigerdagi harbiy xuntani qo'llab-quvvatlashini e'lon qildi.

Fransiya 26 iyul kuni harbiylar tomonidan bosib olingan Nigerga barcha moliyaviy yordamni 29 iyul kuni to'xtatdi.


Tanlangan kalimalar: #Burkina-Faso , #Fransiya

Aloqador xabarlar