Rossiya Qora dengiz ustidagi AQSh transporti uchun Su-30 samolyotini ishga tushirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Qora dengiz ustidagi Rossiya havo hududini nazorat qilish vositalarining Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasiga yaqinlashayotgan havo nishonini aniqlagani bildirildi.

2020748
Rossiya Qora dengiz ustidagi AQSh transporti uchun Su-30 samolyotini ishga tushirdi

Rossiya Qora dengiz uzra uchayotgan Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) insonsiz havo transporti uchun Su-30 rusumidagi qiruvchi samolyotini ishga tushirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Qora dengiz ustidagi Rossiya havo hududini nazorat qilish vositalarining Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasiga yaqinlashayotgan havo nishonini aniqlagani bildirildi.

Havo nishonini aniqlash va Rossiya davlat chegaralari buzilishining oldini olish maqsadida havo mudofaa vazifalarini bajaruvchi Rossiya Harbiy va kosmik kuchlarining Su-30 rusumidagi qiruvchi samolyoti ishga tushirilgani ma’lum qilingan bayonotda, “Rossiya harbiy samolyoti ekipajlari, havo nishonini, AQSh Harbiy-havo kuchlariga oid MQ-9A Reaper rusumidagi razvedkachi insonsiz havo transporti ekanini aniqladi”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.

Rossiya samolyoti yaqinlashgach, Amerika Insonsiz havo transportining Rossiya chegarasidan qaytganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, “Rus samolyoti oʻz bazasiga eson-omon qaytib keldi. Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasining paymol qilinishiga yoʻl qoʻymadi. Rossiya harbiy samolyotining parvozi, xavfsizlik chora-tadbirlariga muvofiq betaraf ravishda suvlar ustida havo sohasidan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirildi”.-deyildi.

Joriy yilning 14-marti kuni AQShning Yevropa kuchlari qo‘mondonligi (EUCOM) Rossiyaning ikkita Su-27 rusumidagi samolyotining, Qora dengizda, AQShga oid MQ-9 rusumidagi Insonsiz havo transportiga qarshi igʻvogar tusda munosabatda boʻlgani va samolyotlardan birining MQ-9 bilan toʻqnashgani, oqibatida esa xalqaro suvlarga qulagani haqida ma’lumot boʻlishgandi.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa AQShga oid MQ-9 Insonsiz havo transportining Ukrainadagi “maxsus harbiy amaliyot” xalqaro standartlarga muvofiq barcha havo hududi foydalanuvchilariga bildirilgan vaqtinchalik status hududini buzganini qayd etgandi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #AQSh , #Su-27 , #Su-30 , #MQ-9A Reaper

Aloqador xabarlar