Bangladeshdagi qayiq ag‘darilishi 7 kishining umriga zomin bo‘ldi

Bangladeshda yuz bergan qayiq halokati oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi esa bedarak yo‘qoldi.

2020768
Bangladeshdagi qayiq ag‘darilishi 7 kishining umriga zomin bo‘ldi

Bangladeshning Munshiganj viloyatida yuz bergan qayiq halokati oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi esa bedarak yo‘qoldi.

The Daily Star gazetasining xabariga ko‘ra, ichida 46 kishi bo‘lgan qayiq Munshiganjdagi Padma daryosida boshqa qayiq bilan to‘qnashib ketgan. Mazkur voqea oqibatida qayiq ag‘darilgan.

Rasmiylar ilk aniqlashlarga ko‘ra yo‘lovchilarning 34 nafari qutqarilgani, ulardan 7 nafarining hayotdan ko‘z yumgani, 5 nafarining esa bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Bangladesh , #Padma daryosi , #qayiq halokati

Aloqador xabarlar