Nigerda davlat to‘ntarishiga qo'l urgan harbiy xunta yangi bayonot bilan chiqdi

Bayonotda xunta ma'muriyati G'arbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Jamiyati (ECOWAS)ni ham tahdid qilib, Nigerda harbiy operatsiya uyushtirilishi taqdirda a'zo davlatlardan biriga to'satdan hujum uyushtirishini bildirdi.

2020101
Nigerda davlat to‘ntarishiga qo'l urgan harbiy xunta yangi bayonot bilan chiqdi

26 iyul kuni Nigerda davlat to‘ntarishi uyushtirgan harbiy xunta yangi bayonot bilan chiqdi.

Bayonotda Fransiya bilan imzolangan barcha harbiy hamkorlik va protokollar to'xtatilgani e'lon qilindi.

Shuningdek, Nigerning Parij, (Nigeriya poytaxti) Abuja va Vashingtondagi elchilari ishdan bo'shatilgani e'lon qilindi.

Bayonotda xunta ma'muriyati G'arbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Jamiyati (ECOWAS)ni ham tahdid qilib, Nigerda harbiy operatsiya uyushtirilishi taqdirda a'zo davlatlardan biriga to'satdan hujum uyushtirishini bildirdi.

Nigerda France 24 kanali va frantsuz radiosi RFI ham eshittirishlari uzildi. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Nigerdagi harbiy xuntani ushbu kanallarning ko‘rsatuvlarini to‘xtatishni qoraladi.

Niger prezidenti Muhammad Bazum Amerikaning Washington Post gazetasi uchun yozgan maqolasida xalqaro hamjamiyat va Qo'shma Shtatlardan yordam so'radi.

Bazum, to'ntarishning dunyo uchun halokatli oqibatlari bo'lishini ta'kidladi.

ECOWAS mamlakatlari shtab rahbarlari Nigeriya poytaxti Abujada ham uchrashdi. Bayonotda Nigerda demokratiyani tiklash qarori ta'kidlangan.

Rossiyaning “Vagner” yollanma guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin Nigerdagi harbiy to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlash haqida bayonot berdi.

Niger xalqini qashshoqlikka itarib yuborganini iddao qilgan Prigojin, "Nigerda o'zgarish zarur edi" dedi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #davlat to'ntarish , #yangi bayonot , #Xunta , #Niger

Aloqador xabarlar