Ganada immunitet tanqisligi sindromidan vafot etganlar soni 9354 kishiga yetdi

G‘arbiy Afrika davlatlaridan biri Ganada 2022-yilda Odam immunitet tanqisligi virusi (OIV) keltirib chiqaradigan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)dan 9354 kishi vafot etgan.

2019603

Gana OITS komissiyasi direktori Doktor Kyeremeh Atuahene mamlakatda OIV bilan kasallanganlar soni kundan kunga ortib borayotganini aytdi.

Mamlakatda 2022-yilda 9 ming 354 kishining OITSdan vafot etganini qayd etgan Atuahene,

– O‘sha yilning o‘zida 16 ming 574 kishi ushbu kasallikka chalingan bo‘lib, mamlakatimizda OIV bilan kasallanganlarning umumiy soni 354 ming 927 nafarga yetdi. dedi.

Atuahenning ta'kidlashicha, OIVning taxminlari epidemiyaning hajmini tushunishda muhim ahamiyatga ega.

Komissiya OIV/OITSga qarshi kampaniyalarni davom ettirishini ta'kidlagan Atuahene fuqarolarni virusga qarshi testdan o'tishga chaqirdi.

Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #OITS , #OIV , #Gana

Aloqador xabarlar