Daniyada yana Qur’on-i Karimga qarshi hujumlar uyushtirildi

Poytaxt Kopengagen shahrida islomga qarshi va o‘ta millatchi “Danske Patrioter (Daniya vatanparvarlari)” guruhi a’zolari Turkiyaning Kopengagendagi elchixonasi oldida Qur’on-i Karimni yoqib yubordi.

2019074
Daniyada yana Qur’on-i Karimga qarshi hujumlar uyushtirildi

Kecha Daniyada yana Qur’on-i Karimga qarshi hujumlar uyushtirildi.

Poytaxt Kopengagen shahrida islomga qarshi va o‘ta millatchi “Danske Patrioter (Daniya vatanparvarlari)” guruhi a’zolari Turkiyaning Kopengagendagi elchixonasi oldida Qur’on-i Karimni yoqib yubordi.

Islom dinini haqorat qiluvchi shiorlar bilan hayqirgan guruh a’zolari, bu lahzalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli ravishda bo‘lishdi.

Muallifi Daniya Tashqi Ishlar vaziri Lars Lo‘kke Rasmussen ekani aytilgan bir kitobni ham yoqib yuborgan guruh, keyin Iroq, Misr va Saudiya Arabistoni elchixonalari oldida Qur’on-i Karimni yoqishni davom etdi.

Dushanba kuni Qur’on-i Karimga qilingan hujumlarni muhokama qilish uchun Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 18-favqulodda tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi o‘tkazilgan vaqtda ham Daniya va Shvetsiyada Qur’on-i Karimga qarshi hujumlar uyushtirildi.

Daniya Tashqi Ishlar vaziri Lars Lo‘kke Rasmussen, IHT yig‘ilishi qarorini hisobga olganliklarini bildirdi.

Rasmussen, “IHT va a’zo davlatlar bilan o‘zaro hurmat asosida yaqin muloqotni davom ettiramiz. Daniya oxirgi vaqtlarda Qur’on-i Karimning yoqib yuborilishini qoraladi va so‘z erkinligi doirasida maxsus vaziyatlarga aralashish imkoniyatlarini o‘rganmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin bergandi.

So‘nggi paytlarda Shvetsiya va Daniyada Qur’on-i Karimga qarshi hujumlar kuchayar ekan, bu provokatsiyalarga yo‘l qo‘yilishi katta e’tirozlarga yo‘l ochmoqda.



Aloqador xabarlar