Ukrainadan Polshaga 14 milliondan ortiq aholi ko'chib keldi

Polsha Chegara qoʻriqlash xizmati ma'lum qilishicha, Ukraina-Rossiya urushi boshlanganidan beri (2022-yil 24-fevral) Polshaga ommaviy ko'chib o'tish holati yuz bermoqda.

2019242
Ukrainadan Polshaga 14 milliondan ortiq aholi ko'chib keldi

 

Ukrainadan Polshaga ko'chib o'tganlar soni 1 avgust holatiga ko'ra, 14 million 182 ming kishini tashkil etgan bo'lsa, bu mamlakatdan chiqib ketganlar soni 12 milliondan oshdi.

Polsha Chegara qoʻriqlash xizmati ma'lum qilishicha, Ukraina-Rossiya urushi boshlanganidan beri (2022-yil 24-fevral) Polshaga ommaviy ko'chib o'tish holati yuz bermoqda.

Kechagina Ukrainadan 30 ming 800 kishining mamlakat hududiga kirgani ma'lum qilinar ekan, "Urush boshlangandan beri Ukrainadan Polshaga tranzit kirganlar soni 14 million 182 mingga yetdi", deb qo'shimcha qilindi.

Polshani tark etgan ukrainaliklarning umumiy soni 12 million 399 ming kishini tashkil etmoqda.

Polsha rasmiylari tomonidan berilgan bayonotlarga ko'ra, mamlakatda taxminan 2 million ukrainalik istiqomat qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Polsha , #Ukraina

Aloqador xabarlar