Putin Turkiyada tabiiy gaz markazi tashkil etish kun tartibida ekanini qayd etdi

Vladimir Putin Sankt-Peterburgda uyushtirilgan Rossiya-Afrika sammiti ortidan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

2017766
Putin Turkiyada tabiiy gaz markazi tashkil etish kun tartibida ekanini qayd etdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Turkiyada tabiiy gaz markazi tashkil etishning kun tartibida ekanini ma’lum qildi.

Vladimir Putin Sankt-Peterburgda uyushtirilgan Rossiya-Afrika sammiti ortidan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Turkiyada tabiiy gaz markazi tashkil etishning kun tartibida ekanini qayd etgan Putin, tabiiy gaz sotish uchun Turkiyada elektron savdo platformasi barpo etish istagida ekanliklarini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Bunday elektron savdo platformasi uchun Turkiyaning munosib joy ekanini ta’kidlagan Rossiya yetakchisi,

“Chunki Turkiya Yevropa uchun tranzit davlatga aylandi”. - dedi.

Putin, shuningdek, chorshanba kuni Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan telefon orqali qaplashishga kelishib olganliklarini bildirdi.

2022-yilning 24-fevralidan beri davom etayotgan Ukraina urushi haqida esa Putin, Ukraina tomoni bilan uchrashishdan bosh tortmaganliklari ammo Ukraina armiyasi hujumlarini davom ettirar ekan o‘q uzishni to‘xtatish murakkab ekanini ifoda etdi.

Afrika davlatlarining Ukrainadagi urushni to‘xtatish yo‘li izlaganliklarini ta’kidlagan Putin, Afrikaning tashabbusi bilan Xitoy rejasi orqali tinchlik muzokaralarining asosi tashkil qilinishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning Qora dengiz don kelishuvidan chiqish qarori logistika, rus kemalarining portlarga kirish imkoni yo‘qligi, pul o‘tkazish, sug‘urta va boshqa muammolar bilan bog‘liq.

 



Aloqador xabarlar