Kanadada qulagan samolyotdagi 6 kishining hammasi halok bo‘ldi

Kanadada, bir dvigatelli “Piper PA-32” rusumidagi samolyot halokatga uchradi.

2017825
Kanadada qulagan samolyotdagi 6 kishining hammasi halok bo‘ldi

Kanadaning Kalgari g‘arbidagi tog‘li hududda bir dvigatelli yo‘lovchi samolyoti quladi. Oqibati olti kishining umriga zomin bo‘ldi.

Bortida olti kishi bo‘lgan bir dvigatelli “Piper PA-32” rusumidagi samolyot, Kalgari shahri g‘arbidagi tog‘li hududdagi Kananaskisda halokatga uchradi.

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasidagi Salmon Arm shahriga borish uchun Kalgari yaqinidagi Springbank aeroportidan yo‘lga chiqqan samolyotda, 6 kishi bor edi va ularning hammasi halok bo‘ldi. Rasmiylar samolyot bo‘laklari topilganini ma’lum qildi.

Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Kanada , #Kalgari , #Piper PA-32

Aloqador xabarlar