Tunisda o'rmon yong'inlari davom etmoqda

Yong‘indan jabr ko‘rgan 170 kishi viloyat shifoxonalariga yetkazilgan. Tunis rasmiylarining bayonotlariga ko‘ra, Malula o‘rmonidagi yong‘inda 450 gektar yer zarar ko‘rgan.

2016065
Tunisda o'rmon yong'inlari davom etmoqda

 

Tunisning turli hududlarida o'rmon yong'inlarini o'chirish ishlari davom etmoqda.

Tunis Fuqarolik Mudofaa Boshqarmasi voizi Muaz Teria, mamlakat bo'ylab davom etayotgan o'rmon yong'inlari haqida yozma bayonot berdi.

“Kuchli shamol tufayli Silyana viloyatida joylashgan Hammam Beyda tog’idagi o’rmon yong’ini Beja viloyatining Tibar mintaqasidagi o’rmon hududiga ham ta’sir qildi. Bundan tashqari, Gabes provinsiyasidagi Shenin hududida qator kichik o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Binzert shahrida joylashgan Jebel G'azalidagi o'rmon yong'inlari ham davom etmoqda" ,-deydi u.

Jenduba viloyatining Tabarka shahridagi Malula o'rmonida 13 iyul kuni sodir bo'lgan yong'inni o'chirish uchun safarbarlik davom etayotganini ifoda etgan Teria, kuchli shamol vaziyatni qiyinlashtirganiga urg'u berdi.

Yong‘indan jabr ko‘rgan 170 kishi viloyat shifoxonalariga yetkazilgan.

Tunis rasmiylarining bayonotlariga ko‘ra, Malula o‘rmonidagi yong‘inda 450 gektar yer zarar ko‘rgan.


Tanlangan kalimalar: #Tunis

Aloqador xabarlar