Millet don kelishuvi masalasida Erdoʻgʻan-Putin uchrashuvidan umidvor

AQSh Davlat kotibi voizi Metyu Miller kundalik matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

2015705
Millet don kelishuvi masalasida Erdoʻgʻan-Putin uchrashuvidan umidvor

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh), Qora dengiz don kelishuvining qayta tiklanishi masalasiga toʻxtalar ekan Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan amalga oshirishi koʻzlangan uchrashuvlardan ijobiy natija olinishidan umidvorligini bildirdi.

AQSh Davlat kotibi voizi Metyu Miller kundalik matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Miller unda, Erdoʻgʻanning Putin bilan don kelishuviga doir qayd etgan bayonotini nazarda tutgan holda, boʻlib oʻtadigan uchrashuvdan muvaffaqiyatli natija olinishiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.

Miller,

“Ma’lumki Prezident Erdoʻgʻan juma kuni Davlat rahbari Putinning Qora dengiz don tashabbusiga qayta qoʻshilishi uchun yana-da koʻproq muzokara oʻtkazmoqchi ekanini bildirdi”.-dedi.

AQSh voizi Turkiya va Rossiya rahbarlarining bu mavzudagi uchrashuvining muvaffaqiyatli oʻtishidan umidvorligini oʻz soʻziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar