Moskvadagi portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi savdo markazlaridan birida portlashi qayd etildi.

2014822
Moskvadagi portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi savdo markazlaridan birida issiq suv quvurining portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi.

Moskva meri Sergey Sobyanin mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, “Vremena goda” deb nomlangan savdo markazida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida ma’lumot berdi.

Issiq suv quvurining portlashi oqibatida 4 kishining hayotdan ko‘z yumganini bildirgan Sobyanin, qutqaruv guruhlari savdo markazidagi ishlarini davom ettirayotganini qayd etdi.

Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlatilar ekan Rossiya ommaviy axborot vositalaridagi xabarlarga ko‘ra voqea, savdo markazidagi restoranlardan birining oshxona qismida yuz bergan.


Tanlangan kalimalar: #Moskva , #portlash , #Vremena goda

Aloqador xabarlar