AQSh Turkiyanin don koridori kelishuvida yana liderlik rolini olishini kutganliklarini bildirdi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Antoni Blinken, Turkiyaning Qoradengiz don koridori kelishuvi bo'yicha "yana liderlik rolini" olishini kutganliklarini bildirdi.

2014619

 Blinken, Turkiyaning Qora dengiz g'alla tashabbusidagi roli haqida, Kolorado shahrida davom etayotgan Aspen xavfsizlik forumida,

"Turkiya tashabbusni boshidan boshlab hayotga tatbiq etishda muhim rol o'ynadi, birinchi navbatda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan yaqin hamkorlik qildi. U buni amalga oshirishda ajoyib ish qildi". dedi.

Blinken,

“Shu sababdan Turkiya butun dunyo bo’ylab odamlar o’zlariga kerakli oziq-ovqatlarni ilgari bo’lgani kabi maqbul narxlarda olishlarini ta’minlashga harakat qilmoqda.

Biz undan bu ishni yana yo‘lga qo‘yishda yetakchilik rolini o‘ynashini kutamiz”.

AQSh Davlat kotibi, shuningdek, Rossiya g'alla tashabbusidan orqaga chekingan davrda Turkiyaning ushbu tashabbusni saqlab qolish uchun kurashiga to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiyani g’alla kelishuviga qaytarish uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganini tilga oldi.

Aloqador xabarlar