Putin Qora dengiz don yo'lagi kelishuviga qaytishi mumkinligini aytdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, agar barcha shartlar bajarilsa, zudlik bilan Qora dengiz don koridori kelishuviga qaytishlarini aytdi.

2013714
Putin Qora dengiz don yo'lagi kelishuviga qaytishi mumkinligini aytdi

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, agar barcha shartlar bajarilsa, zudlik bilan Qora dengiz don koridori kelishuviga qaytishlarini aytdi.

Putin, poytaxt Moskvada hukumat vakillari bilan o'tkazgan yig'ilishda Qora dengiz don koridori kelishuvini baholadi.

G'arb davlatlarining "takabbur" yondashuviga qaramay Rossiya shartnomani ko'p marta uzaytirganini ifoda etgan Putin, "

"Biz xorijlik hamkasblarimiz kelishilgan va tasdiqlangan shartlarga toʻliq rioya qilishni boshlashlarini kutgandik, ammo bu amalga oshmadi".  Ifodasini  ishlatgan.

Shartnomaning bekor qilinishidan G'arb davlatlari mas'ul ekanini tilga olgan Putin, Rossiyaning qashshoq davlatlarga tekin o'g'it jo'natish harakatlariga ham G'arb davlatlari to'sqinlik qilganini bildirdi.

– Bitim hozirgi ko‘rinishida o‘z ma’nosini yo‘qotdi. dedi.

Rossiyaning kelishuvning davom etishi uchun turli shartlari borligini qayd etgan Putin, oziq-ovqat va o'g'it yetkazib berish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi Rossiya banklari va moliya institutlari bilan Rossiya don mahsulotlarini xalqaro bozorlarga jo'natish va Rossiyaga qishloq xo‘jaligi asbob-uskunalari va jihozlarini jo‘natishdagi to‘siqlarni olib tashlash kerakligini ta’kidladi.

Rossiya kemalari uchun sug'urta masalasi ham hal qilinishi kerakligini ta'kidlagan Vladimir Putin,  “Nihoyat, Rossiyaning kelishuvga qaytishining asosiy sharti kelishuvning gumanitar mohiyatini tiklashdir.  "Agar biz ilgari kelishib olgan barcha shartlar bajarilsa, biz darhol ushbu kelishuvga qaytamiz."

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shartlar , #Don kelishuvi , #Prezident , #Rossiya

Aloqador xabarlar