Putin Qrim ko‘prigidagi hodisa uchun chora ko'rishini aytdi

"Albatta, Rossiyadan javob bo‘ladi. Mudofaa vazirligi tegishli takliflarni tayyorlamoqda", — dedi Vladimir Putin.

2012774
Putin Qrim ko‘prigidagi hodisa uchun chora ko'rishini aytdi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Ukrainaga Qrim ko‘prigidagi portlash uchun javob berishini aytdi.

Putin ko'prikdagi hujum yuzasidan hukumat vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Hujumning Ukraina tomonidan uyushtirilganiga diqqat qaratgan Putin, "Bu Kiyev rejimining navbatdagi terakti. Qrim koʻprigidan harbiy yuk tashish uchun foydalanilmagani uchun begunoh fuqarolarning oʻlimiga sabab boʻlgan bu shafqatsiz hujum ular uchun harbiy ahamiyatga ega emas",-dedi.

Unga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi takliflarni tayyorlamoqda.

"Albatta, Rossiyadan javob bo‘ladi. Mudofaa vazirligi tegishli takliflarni tayyorlamoqda", — dedi Vladimir Putin.

Eslatib o‘tamiz, 17-iyul kuni Rossiya va anneksiya qilingan Qrimni bog‘lovchi ko‘prikda portlash yuz berdi, natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Ko‘prik jiddiy shikastlandi, tirbandliklar yuzaga keldi. 
Rossiya hodisada Ukrainani ayblab chiqdi, Kiyev tomoni bu ayblovlarni inkor qilmagan. 


Tanlangan kalimalar: #Qrim , #Putin

Aloqador xabarlar