Guterrish “Don yo‘lagi kelishuvi” bo‘yicha takliflari rad etilganidan afsusda

Antoniu Guterrish Putinning “Don yo‘lagi kelishuvi” bo‘yicha takliflari rad etilganidan hafsalasi pir bo‘ldi, biroq Rossiya va Ukrainadan mahsulotlarni jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga va’da berdi.

2012759
Guterrish “Don yo‘lagi kelishuvi” bo‘yicha takliflari rad etilganidan afsusda

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Putinning “Don yo‘lagi kelishuvi” bo‘yicha takliflari rad etilganidan hafsalasi pir bo‘ldi, biroq Rossiya va Ukrainadan mahsulotlarni jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga va’da berdi.

Nyu-Yorkdagi BMT binosida bayonot bergan Guterrish, “Takliflarim qabul qilinmaganidan juda xafaman. Ammo bu Rossiya va Ukrainada oziq-ovqat mahsulotlari va o‘g‘itlarning jahon bozorlariga chiqishini osonlashtirish bo‘yicha harakatlarimizni to‘xtata olmaydi”, dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya mahsulotlari va o‘g‘itlari uchun “ba’zi to‘siqlar” saqlanib qolayotganidan xabardor, biroq ayni paytda BMT ularning ko‘pchiligini allaqachon bartaraf etgan.

“Shu doirada men Turkiya hukumatining sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratmoqchiman”, deya qo‘shimcha qilgan BMT Bosh kotibi.

Uning ta’kidlashicha, asosiy maqsad jahon oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat narxlari barqarorligini ta’minlashdir.

Shartnomalarda ishtirok etish "variant" ekanligini ta'kidlagan Guterrish, "Biroq, dunyoning ko'p joylarida kurashayotgan va rivojlanayotgan davlatlarning tanlash imkoni yo'q. Yuz millionlab odamlar ochlik bilan yuzma-yuz, iste'molchilar esa ortib borayotgan narx bilan kurashmoqda. Bundan ular zarar ko'radi",-dedi.

Guterresh Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yuborgan maktubida taqdim etgan takliflarini batafsil tushuntirib, BMT tomonidan Rossiyaga taqdim etilgan me’yoriy-huquqiy baza va xususiy sektor bilan olib borilgan muzokaralar savdo sharoitlarining normallashuvi va yengillashtirilishini ta’minlaganligini ta’kidladi.

Bosh kotib, shuningdek, Rossiya Qora dengiz shimoli-g‘arbida navigatsiya xavfsizligi kafolatlarini olib qo‘yganini ham tanqid qildi.

Ma’lumot uchun, Don kelishuvi 2022 yil 22 iyulda Istanbulda tuzilgan. U yerda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Rossiya, Turkiya va Ukraina ishtirokida ikkita hujjat imzolangan – Ukrainaning uchta portidan (Chernomorsk, Odessa va Yujniy) g‘alla eksporti uchun yo‘lak yaratish hamda Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlarni eksport qilish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish to‘g‘risida. Tashabbus 2022 yil noyabrida 120 kunga, martgacha, keyin yana ikki marta – ikki oyga uzaytirilgan. Yakuniy muddat – kecha, 17 iyul kuni tugadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga don kelishuvini uzaytirish bo‘yicha “aniq takliflar” bilan maktub yo‘llaganini aytgandi. Kecha, 17 iyul kuni Moskva Anqara, Kiyev va BMTga don kelishuvini uzaytirish bo‘yicha o‘z e’tirozlarini yubordi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi kelishuv bugun, 18 iyuldan boshlab to‘xtatilishini ma’lum qildi, biroq Rossiya tomoni kelishuvning Rossiya qismi yakunlanishi bilanoq uni qayta tiklashga tayyor ekani aytildi.



Aloqador xabarlar