Tolibon, Qur'onni yoqishga ruxsat bergan Shvetsiyaning Afg'onistondagi faoliyatini to'xtatdi

Tolibon muvaqqat hukumati Qur'onni yoqishga ruxsat bergan Shvetsiyaning  Afg'onistondagi barcha faoliyatini to'xtatganini e'lon qildi.

2009581

Tolibon muvaqqat hukumati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Shvetsiyaning Afg‘onistondagi barcha faoliyati Qur’onni yoqishga ruxsat bergani uchun musulmonlardan uzr so‘raguniga qadar to‘xtatilganini aytdi.

Qur'onning yoqib yuborilishini takabburlik deb baholagan Mujohid, barcha islomiy davlatlar Shvetsiya bilan munosabatlarini qayta ko'rib chiqishi kerakligini aytdi.

2021-yil 15-avgustda Tolibon Afg‘onistonni egallab olganidan so‘ng, ko‘plab xorijiy davlatlar, jumladan, Shvetsiya Kobuldagi vakolatxonalarini yopdi, biroq Shvetsiyaning ayrim yordam tashkilotlari mamlakatdagi faoliyatini davom ettirgan edi.

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 28 iyun kuni asli iroqlik Salvan Momika Stokgolm masjidi oldida politsiya himoyasi ostida Qur’onni yoqib yuborgan edi.

Aloqador xabarlar