Zelenskiy: “Ukrainani Qrimsiz tasavvur qila olmaymiz”.

Zelenskiy Ukrainaning janubi va sharqidagi hududlarini qaytarib olishga urinayotganliklari va eng asosiy maqsadlari ham 2014-yili Rossiya tomonidan anneksiya qilingan “Qrimni qutqarish” ekaniga e’tibor qaratdi.

2006877
Zelenskiy: “Ukrainani Qrimsiz tasavvur qila olmaymiz”.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, eng asosiy maqsadi Rossiya tomonidan anneksiya qilib olingan Qrimni ozod qilish ekanini ta’kidlab:

“Ukrainani Qrimsiz tasavvur qila olmaymiz”. - dedi.

Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaning janubi va sharqidagi hududlarini qaytarib olishga urinayotganliklari va eng asosiy maqsadlari ham 2014-yili Rossiya tomonidan anneksiya qilingan “Qrimni qutqarish” ekaniga e’tibor qaratdi.

Kiyev sa’y-harakatlari Ukrainaning janubi va sharqidagi yerlarni qaytarib olishga qaratilganini ta’kidlagan Zelenskiy:

“Ukrainani Qrimsiz tasavvur qila olmaymiz. Qrimning Rossiya ishg‘olida bo‘lishni davom etishi faqatgina bitta narsani anglatadi. U ham bo‘lsa urush hali tugamadi deganidir”.-deya gapirdi.

Zelenskiy, Qrimsiz tinchlikka erishish mumkinmi yoki yo‘q kabi savolga:

“Usiz g‘alaba yo‘q”.- deb javob berdi.

Ukraina Prezidenti shuningdek, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning o‘tgan oydagi Vagner qo‘zg‘oloniga bo‘lgan munosabatini “zaif” qolgani va xalqi nazoratini yo‘qotayotganini iddio etdi.  

Rossiya Ukraina bilan kelishmovchilikka uchragan Qrimni 2014-yili anneksiya qilib oldi va Qrimni Rossiya hududiga ilova etishda muhim rol o‘ynagan Vagner, dunyoga huddi mana shu jarayondagi vazifalari bilan tanilgandi.



Aloqador xabarlar