Meksikada shahar meri timsoh bilan turmush qurdi

Musiqa va raqslar jo‘rligida bayramona ruhda o‘tgan to‘yga shahar ahli katta qiziqish uyg‘otdi.

2006281
Meksikada shahar meri timsoh bilan turmush qurdi

 

Meksikaning Oaxaka shtatidagi San-Pedro-Uamelula shahri meri Viktor Ugo Sosa o‘z xalqiga omad olib kelish uchun timsohga uylandi.

Musiqa va raqslar jo‘rligida bayramona ruhda o‘tgan to‘yga shahar ahli katta qiziqish uyg‘otdi.

Nikohdan oldin hech kim zarar ko‘rmasligi uchun “kelin” arqon bilan bog‘langan, unga Alisiya Adriana nomi berilgan.

“Men mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman, chunki biz bir-birimizni sevamiz. Muhimi shu. Sevgisiz nikoh bo‘lishi mumkin emas. Men malikaga uylanishga roziman”, — degan shahar meri Viktor Gyugo Sosa.

San-Pedro-Uamelula shahrida 1789 yildan beri davom etayotgan an'ana o'sha paytda dushman bo'lgan ikki jamoaning yarashuvini anglatadi. Har yili o‘tkazib kelinayotgan ushbu vakillik nikohi shahar aholisiga to‘kinlik, tinchlik-totuvlik olib keladi, deya umid qilinadi.

Shahar rahbarining ayol timsoh bilan ramziy nikohi har yili San-Pedro-Uamelulada 18-asrdan beri saqlanib kelayotgan an’ana doirasida bo‘lib o‘tadi.

Timsoh ona Yerni anglatadi. Mahalliy rasmiy bilan timsohning nikohida shahar aholisi insonning ilohiyot bilan aloqasini ko‘radi.

Shu tarzda ular o‘zlari uchun mo‘l-ko‘llikni ta’minlashga umid qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Meksika

Aloqador xabarlar