Qur’onning yoqib yuborilishi hurmatsizlik va provakatsiya deb baholandi

Yevropa ittifoqi 28-iyun kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Salvan Momika tomonidan qo‘l urilgan harakat haqida bayonot berdi.

2005735
Qur’onning yoqib yuborilishi hurmatsizlik va provakatsiya deb baholandi

Yevropa ittifoqi Shvetsiyada Qur’on-i Karim yoqib yuborilgani haqidagi bayonotida, muqaddas kitoblarga nisbatan qayd etilgan bunday harakatlarni hurmatsizlik va ochiq provokatsiya deb baholadi.

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda asli iroqlik Salvan Momika ismli shaxs 28-iyun kuni Stokgolm jome’ masjidi oldida politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yuborgandi. Voqea ortidan mavzu haqida Yevropa ittifoqining Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Josep Borrel bayonot berdi.

Unda, Salvan Momika harakatiga e’tiroz bildirish uchun uyushtirilgan Bog‘doddagi namoyishlar ham yaqindan kuzatilgani ifoda etilar ekan ayni vatyqda, namoyishchilar tinchlikka chaqirildi. Ortidan esa, diplomatik binolarga qarshi uyushtirilgan hujumlar qoralandi.

Bayonotda, Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligining Qur’on-i Karimning yoqib yuborilishiga qattiq qarshilik ko‘rsatishiga Yevropa ittifoqi ham qo‘shilishi bildirildi va quyidagi ifodalarga o‘rin berildi:

“Bu harakat Yevropa ittifoqi ko‘z qarashiga umuman zid. Qur’on-i Karim yoki biron bir muqaddas kitobning yoqib yuborilishi hujum, hurmatsizlik va ochiq-oydin uyushtirilgan provokatsion harakatdir. Irqchilik, ksenofobiya va ular bilan bog‘liq murosasizlikka Yevropada o‘rin yo‘qdir.

Bunday harakatning achinarli jihati shundaki, musulmonlarning muhim bayrami Qurbon hayiti chog‘ida sodir etilishidir. Yevropa ittifoqi din va eʼtiqod erkinligini mamlakatda bo‘lganiday tashqarida ham qoʻllab-quvvatlashni davom etmoqda. Endi, o‘zaro tushuncha va hurmat hamda keskinlik kuchayishining oldini olish uchun bir yoqadan bosh bir yengdan qo‘l chiqarish vaqti keldi”.

Eslatib o‘tamiz:

Stokgolmdagi voqeadan so‘ng Iroqda yuzlab inson Shvetsiyaga qarshi namoyishga chiqqandi.

Shia yetakchisi Muqtada Sadrning chaqirig‘idan so‘ng payshanba kuni bir guruh, Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga bostirib kirib, bino tomiga ham chiqqandi.

 



Aloqador xabarlar